1
РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
AI-80 benzini narxi birjada rekord darajaga yetdi — bir tonnasi 10 million so‘mdan oshdi
11.07.2025

AI-80 benzini narxi birjada rekord darajaga yetdi — bir tonnasi 10 million so‘mdan oshdi

AI-80 benzini narxi birjada rekord darajaga yetdi — bir tonnasi 10 million so‘mdan oshdi

O‘zbekistondagi tovar-xomashyo birjasida (O‘zRTXB) AI-80 markali benzin narxi 2025-yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi. Bu haqda birja rasmiy statistikasi ma’lumot berdi.

10-iyul holatiga ko‘ra, AI-80 benzini bir tonnasi 0,5 foizga qimmatlab, 10 million 190 ming so‘mni tashkil etdi. Yoqilg‘i narxi birinchi marta 4-iyul kuni 10 million so‘mlik chegarani kesib o‘tdi va shundan buyon kun sayin oshib bormoqda.

Narxlarning ko‘tarilishi, asosan, 10-iyundan boshlab benzinga qo‘yilgan 5 foizlik narx cheklovining bekor qilinishi bilan izohlanmoqda. Bu o‘zgarish savdo jarayonida narxlar erkin shakllanishiga zamin yaratdi.

2024-yilning noyabrida AI-80 benzini birja savdolarida 7,7 foizga qimmatlashgan edi. Shu bilan birga, savdo hajmi ham 1805 tonnadan 1650 tonnaga tushib, deyarli 8,6 foizga kamaydi.

Xuddi o‘sha oyning o‘zida AI-80 benzinining birja narxi ilk bor psixologik chegarani — 10 million so‘mni bosib o‘tdi. Keyinchalik, Raqobat qo‘mitasi narx barqarorligini saqlash maqsadida maksimal limitni 9 377 555 so‘m atrofida belgilagandi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.