верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik, Bektemir Meliqo‘ziyev esa amerikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi
31.05.2025

Murodjon Ahmadaliyev meksikalik, Bektemir Meliqo‘ziyev esa amerikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

Murodjon Ahmadaliyev meksikalik, Bektemir Meliqo‘ziyev esa amerikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

Meksikaning Gvadalaxara shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi. Unda o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev mezbon Luis Kastilyoga qarshi ringga ko‘tarildi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Murodjon Ahmadaliyev 10 raundga mo‘ljallangan jangning 8-raundida g‘alaba qozondi. Ketma-ket zarbalar seriyasidan so‘ng raqib faol qarshilik ko‘rsata olmadi va hakam jangni to‘xtatib, texnik nokaut qayd etdi.

Endi Ahmadaliyev navbatdagi jangini sentyabr oyida yaponiyalik Naoya Inouega qarshi o‘tkazadi.

Shuningdek, AQSHning Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev WBA Eliminator kamari uchun amerikalik Daryus Fulgxemga qarshi ringga ko‘tarildi.

12 raundlik jang to‘liq davom etdi va unda Bektemir Meliqo‘ziyev hakamlarning bir ovozdan bergan 114-112 hisobidagi ochkolari evaziga g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng o‘zbekistonlik bokschi WBA kamari uchun da‘vogarga aylandi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.