РУ
O’Z
UZS
/
/
Muxlislar “Titanik” filmidagi yana bir xatoni 28 yil o‘tgachgina payqab qolishdi
17.01.2025

Muxlislar “Titanik” filmidagi yana bir xatoni 28 yil o‘tgachgina payqab qolishdi

Muxlislar “Titanik” filmidagi yana bir xatoni 28 yil o‘tgachgina payqab qolishdi

Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet ishtirokidagi mashhur “Titanik” filmi 1997-yilda ekranlarga chiqdi. Jeyms Kemeronning kruiz laynerining halokati haqidagi dramatik blokbasterida yana bir qo‘pol xatoni ko‘rish mumkin.

Ushbu sahna kartinaning yakuniy qismida, kema allaqachon yorilgan va cho‘ka boshlagan paytda bo‘ladi. Ehtiroslar va his-tuyg‘ularning jo‘shqinligi avj nuqtasiga yetgan, Di Kaprio qahramoni esa quvurga kishanlangan holda qolib ketgan edi.

Bu epizodda Rouz Jekni qutqarish uchun keladi. Yigit keng oq ko‘ylak va “podtyajka”li shimda. U qizdan bolta bilan avval shkafga, keyin esa kishanlarga urishni so‘raydi. Tasvirchi kamerani sevishganlarga, keyin yana Jekka qaratganda “podtyajka”lar qayergadir g‘oyib bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Jek kiyimidagi “podtyajka”ni o‘zi yechib ololmasligi aniq — u haliyam kishanlangan holatda. Taxmin qilish mumkinki, kadrlar turli vaqtlarda suratga olingan va dubllardan birida “podtyajka”lar yo‘qligini payqashmagan, montaj paytida esa aynan shu kadr yakuniy versiyaga kiritilgan. Shunday qilib, 1998-yilda Amerika kinoakademiyasining 11 ta “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan afsonaviy film taqdiriga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydigan yana bir xatoga ega epizod paydo bo‘ldi.

Ko‘pgina tomoshabinlar eski va qadrdon filmlarni qayta ko‘rishni yaxshi ko‘rishadi. Ko‘plab sahna va dialoglarni yod bilishadi ham. Shu bilan birga, filmni diqqat bilan tomosha qilsangiz, bu epizoddan tashqari juda ko‘p qiziqarli detallarni payqash mumkin.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.