1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Aktrisa Feruza Normatova eridan mahrga nima so‘raganini aytdi
02.11.2025

Aktrisa Feruza Normatova eridan mahrga nima so‘raganini aytdi

Aktrisa Feruza Normatova eridan mahrga nima so‘raganini aytdi

Taniqli aktrisa Feruza Normatova yaqinda 23 yoshli MMA jangchisi Olloyor Abdushukurovga turmushga chiqqani va undan qanday mahr so‘raganini ma’lum qildi.

U Instagram sahifasida shunday deb yozdi: “Men mahr sifatida 100 ta Qur’oni Karim nusxasini so‘radim. Bu mening shaxsiy mulkim, uni qanday tasarruf qilishim sir bo‘lib qolsin. Erim hayratlanib, xursand bo‘ldi”, deya o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi aktrisa.

Normatovaning bu qarori ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi — foydalanuvchilar uni ma’naviy qadriyatlarga sodiq ayol sifatida e’tirof etishdi. Ba’zilar esa bunday mahrni ramziy, lekin chuqur ma’naviy ma’no kasb etuvchi tanlov deb baholashdi.

Feruza Normatova avval ham diniy va milliy qadriyatlarga hurmat bilan yondashgan ijodkor sifatida tanilgan. U so‘nggi intervyularida ham turmushda eng muhim narsa – mehr, sabr va hurmat ekanini ta’kidlab kelgan.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.