01.05.2025
Netflix yangi “Qo‘rquv ko‘chasi: Bitiruvchi qirolicha” treylerini namoyish etdi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Robert Lourens Stayn kitoblari asosida suratga olingan mashhur franshizaning yangi bobi 23-may kuni chiqariladi.
Film voqealari 1988-yilda xayoliy Sheydisayd shahrida bo‘lib o‘tadi. Bal qirolichasi bo‘lishni orzu qilgan maktab o‘quvchilari to‘satdan g‘oyib bo‘la boshlaydi — va buning ortida, avvalgidek, qadimiy la’nat bor.
Rejissyor va ssenariy hammuallifi Mett Palmer (“Kalibr”) va Donald Makleri. Aktyorlar tarkibi: Indiya Fauler, Syuzanna Son, Ariana Grinblatt, Ketrin Uoterson, Kris Klyayn, Lili Teylor va boshqalar.
Film 2021-yilda Netflix tomonidan chiqarilgan “Qo‘rquv ko‘chasi” trilogiyasi olamini davom ettiradi. Ilgari franshiza voqealari 1994, 1978 va 1666-yillarda sodir bo‘lgan.