верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 20-22-dekabr dam olish kunlarida Oʻzbekistonda iliq harorat kuzatiladi
20.12.2024

Ob-havo maʼlumoti: 20-22-dekabr dam olish kunlarida Oʻzbekistonda iliq harorat kuzatiladi

Ob-havo maʼlumoti: 20-22-dekabr dam olish kunlarida Oʻzbekistonda iliq harorat kuzatiladi

Bugun kunduzi Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 0-5 daraja iliq, janubda 8 daraja iliqqacha boʻladi.

Dam olish kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat 21-22-dekabrda kechalari 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 darada iliq atrofida boʻladi.

Poytaxtda: Bugun vaqti-vaqti bilan biroz qor yogʻadi, tuman tushadi. Harorat 0-2 daraja iliq boʻladi.

Shanba va yakshanba kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 5-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-3 daraja iliq boʻladi.

Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.