Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo ma’lumoti: 23-dekabr kuni O‘zbekistonda biroz sovuq harorat kuzatiladi
22.12.2024 (yangilandi 22.12.2024)

Ob-havo ma’lumoti: 23-dekabr kuni O‘zbekistonda biroz sovuq harorat kuzatiladi

Ob-havo ma’lumoti: 23-dekabr kuni O‘zbekistonda biroz sovuq harorat kuzatiladi

O‘zgidrometning 2024-yil 23-dekabr uchun batafsil ob-havo axboroti.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduz 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduz 3-8° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduz 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Toshkent viloyatida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.