Ochiq osmon ostidagi kinoteatrlar: Yozda film tomosha qilish uchun eng qulay 6 manzil
Toshkent shahrida yopiq kinoteatrlardan tashqari ochiq havoda kino tomosha qilish mumkin ekanidan xabaringiz bormi? Kunduzgi issiq biroz ortga qaytgach, tungi vaqtlarda ochiq havoda doʻstingiz yoki sevgan insoningiz bilan film tomosha qilishga nima yetsin. Ushbu maqolada Toshkent shahrida ochiq havoda film tomosha qilish mumkin boʻlgan joylar haqida maʼlumot beriladi.
Loft Cinema
Ochiq osmon ostida joylashgan ushbu kinoteatrda har kuni ikki seansdan har xil janrdagi filmlar namoyish etiladi.
- Telegram: @loftcinemauz
- Instagram: @loftcinema.uz
- Narx: 65 000 soʻm
- Manzil
- Murojaat uchun telefonlar: +998 95 045-79-99, +998 90 045-77-06.
Movieland Cinema
Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida joylashgan kinoklubda bir kunda ikki marta — 20:00 va 22:00 da seanslar boʻlib oʻtadi.
- Instagram: @movieland_cinemaa
- Narx: 20-30 000 soʻm
- Manzil
- Murojaat uchun telefon: +998 90 666-11-17.
Sakura Cinema (Yapon bog‘i)
Yunusobod tumanida joylashgan Yapon bogʻida har kuni ochiq osmon ostida filmlar namoyish etiladi. Seans 20:00 da start oladi. Maʼlumot uchun, bogʻga kirish narxi 30 ming soʻm hisoblanadi.
- Telegram: @sakuracinemauz
- Instagram: @sakura_cinema.uz
- Narx: 100 000 soʻm
- Manzil
- Murojaat uchun telefon: +998 88 322-37-40.
UGL Cinema
Doʻstlik (sobiq Bobur) bogʻida joylashgan UGL Cinema kinoklubida har kuni uch seansda klassik va zamonaviy filmlar namoyish etiladi. Namoyishlar 19:15, 21:00 va 23:15 da boshlanadi.
- Telegram: @uglcinema
- Instagram: @uglcinema
- Narx: 100 000 soʻm
- Manzil
- Murojaat uchun telefonlar: +998 90 134-46-46, +998 90 046-66-06.
«На крыше»
“Next” savdo-markazida joylashgan ushbu kinoklub barcha davrlarning eng yaxshi filmlarini namoyish etishi bilan ajralib turadi. Bu yerda har kuni 7 tadan filmlar namoyish etiladi.
- Telegram: @nakrishechannel
- Instagram: @chtoto.nakrishe
- Narx: 60-70 000 soʻm
- Manzil
- Murojaat uchun telefon: +998 33 242-33-33.
Ikat Cinema
Toshkent City bogʻi hududida ham ochiq osmon ostida kino tomosha qilish mumkin boʻlgan “Ikat” kinoteatri joylashgan. Bu yerda bir kunda bitta film namoyish etiladi.
Telegram: @ikat_cinema
Instagram: @ikat.cinema.uz
Narx:
- kattalar uchun — 100 000 soʻm;
- 10 yoshgacha boʻlgan bolalar — 50 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon: +998889028088.