OK Google, nega ko‘zlar yoshlanadi: uchraydigan sabablar va nima qilish kerak


“Ko‘zlar yoshlanadi” degan so‘rov qidiruv tizimlarida eng ko‘p beriladigan so‘rovlardan biri bo‘lib, ayniqsa mavsumiy o‘zgarishlar, shamollashlar yoki kompyuter qarshisida uzoq ishlash davrida tez-tez uchraydi. Ko‘zlar yoshlanishi – bu himoya mexanizmi, ammo agar u haddan tashqari ko‘p yoshlansa yoki og‘riq, achishish, qichishish bilan bir bo‘lsa, uning sabablarini aniqlash muhimdir.
Allergiya – ko‘p uchraydigan sabab
Ko‘z yoshlanishining eng keng tarqalgan sababi – bu allergik reaksiya. Bu mavsumiy (gulchangga) bo‘lishi yoki uy sharoitidagi allergenlar – chang, hayvon yungi, kimyoviy vositalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Belgilari:
- Qichishish va achishish;
- Qizarish;
- Qovoqlarning shishishi;
- Og‘riqsiz yosh oqishi.

Allergiyada ko‘zlar ayniqsa bahor va kuzda, tashqariga chiqqanda yoshlanadi. Odatda bunga allergenni bartaraf etish va antigistamin tomchilar yordam beradi.
Sovuqqa allergiya – organizmning kutilmagan reaksiyasi
Ba’zi odamlarda sovuqqa allergik reaksiya kuzatiladi: havo tinch bo‘lsa ham, ko‘zlari yoshlanadi. Bu past haroratga qon tomirlarning reaksiyasi bo‘lib, qizarish, achishish va yosh oqishi bilan namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha ko‘zlarni himoya qilish (ko‘zoynak, sharf), issiqlik beruvchi kremlar va allergolog bilan maslahat yordam beradi.

Ko‘z ichi og‘rib, yoshlanadi – chuqurroq sabablar
Agar ko‘zingiz ichi og‘rib yoshlansa, bu jiddiyroq sababga ega bo‘lishi mumkin: yallig‘lanish, infeksiya, ko‘z bosimining oshishi. Bunga ehtimol begona jism ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu holatda bosh og‘rig‘i yoki yorug‘likka kuchli sezuvchanlik ham kuzatiladi.
Muhim: kuchli og‘riq va ko‘p yoshlanish holatida o‘zingiz davolanishga urinmang — oftalmologga murojaat qiling.
Bitta ko‘z og‘rib, yoshlanishi
Agar faqat bitta ko‘zingiz og‘rib yoshlansa, bu lokal infeksiya (govmijja, kon’yunktivit), jarohat, chang, kiprik yoki hatto demodeks nomli mayda qurt sababli bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha odamlar bu muammoni to yallig‘lanish, kuchli qizarish va qichishish paydo bo‘lmaguncha e’tiborsiz qoldirishadi.

Maslahat: steril salfetkadan foydalaning, ko‘zingizni ishqalamang va shifokor ko‘rigiga boring.
Ko‘zlar og‘rib yoshlanadi – charchoq yoki quruq havo sababli bo‘lishi mumkin
Agar kun oxiriga borib ko‘zlaringiz og‘rib, yoshlansa – bu charchoq sababli bo‘lishi mumkin. Ayniqsa monitor qarshisida ishlovchilar bundan aziyat chekishadi.
Belgilari:
- Quruqlik;
- Ko‘zda qum borligidek tuyilishi;
- Qizarish;
- Quruqlikka javoban yosh oqishi.
Agar kompyuter tufayli ko‘zlar og‘rib, yoshlanasa, ish tartibiga e’tibor bering, “sun’iy ko‘z yoshi” tomchilari, namlovchi vositalar va 20-20-20 usulini qo‘llang (har 20 daqiqada 20 soniyaga 20 fut uzoqlikdagi nuqtaga qarash).
Viruslar va infeksiyalar
Virusli kasalliklarda, ayniqsa gripp, O‘RVI, gerpes yoki adenovirus infeksiyalarida ko‘z yoshlanishi keng tarqalgan simptomlardan biri. Bu umumiy holsizlik, isitma va burun bitishi bilan birga bo‘ladi.
Virusli holatlarda yiring, qizarish, yorug‘likka sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. O‘zingizni davolash holatni og‘irlashtirishi mumkin.

Yorug‘likdan qo‘rqish: quyoshda ko‘z yoshlanishi
Ba’zi odamlar quyoshda, ayniqsa yozda yoki tog‘da ko‘zlari yoshlanadi deb shikoyat qilishadi. Buning sabablari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- Yorug‘likka yuqori sezuvchanlik;
- Ko‘z pardasining yupqalashuvi;
- Yallig‘lanishdan qolgan asoratlar.
Uzoq vaqt yopiq joyda bo‘lib, bir zumda quyoshga chiqilganda ko‘zlar yoshlanishi mumkin. Bunday holatda UV-filtrli quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklar yordam beradi.
Tashqarida ko‘zlar yoshlanishi – buning sababi nimada?

Tashqarida ko‘zlar, odatda, shamol, chang, sovuq yoki harorat o‘zgarishi tufayli yoshlanadi. Hatto yengil shamolda ham yosh himoya reaksiyasi sifatida ajraladi, ayniqsa kontakt linzalarda. Ba’zida esa sabab – yopiq joydagi quruq havo bo‘lib, tashqariga chiqqanda ko‘zlar moslasha olmaydi.
Maslahatlar:
- Namlantiruvchi tomchilardan foydalaning;
- Shamolda ko‘zoynak taqing;
- Sovuq havoda tez-tez ko‘z yumishga harakat qiling.
Agar ko‘zlar og‘rib, yoshlansa nima qilish kerak? Qanday ko‘z tomchilarini tanlash kerak?
Ko‘zlar og‘rib, yoshlansa – tomchilar birinchi yordam vositasi hisoblanadi. Ularni sabablarga qarab tanlash kerak:
- Allergiyada – antigistamin tomchilar (masalan, Olopatadin);
- Virusda – virusga qarshi tomchilar (Aktipol, Oftalmoferon);
- Quriganda – “sun’iy ko‘z yoshi” tomchilari (Sisteyn, Vizin Chistaya Sleza);
- Charchoqda – vitaminli va namlovchi tomchilar.
Gormonal yoki antibiotikli tomchilarni shifokor tavsiyasisiz ishlatmang!
Ko‘z yoshlanshi – bu tabiiy himoya mexanizmi, ammo agar u og‘riq, qichishish, qizarish bilan birga kechsa sababini albatta aniqlash lozim. Bu virus, allergiya, ekrandan charchoq yoki yorqin quyosh bo‘lishi mumkin – muhim tomoni, noqulaylikka nima sabab bo‘layotganini aniqlashdir. Eng yaxshisi esa oftalmolog ko‘rigiga boring.