26.02.2025
Abdulla Qurbonov kutilmagan katta yangilikni e’lon qildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Xonanda Abdulla Qurbonov ota-onasiga elektrokar sovg‘a qildi. Bu Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobil bo‘lgan.
Qurbonov otasini hovliga taklif qilib, unga sovg‘asi borligini aytgan. Otasi esa yangi avtomobilni ko‘rib hayratini yashira olmagan.
Otaxon o‘g‘lini duo qilib, biriga ming qo‘shilishini, ayoli bilan qo‘sha qarishini niyat qilgan va shundan so‘ng yangi mashinaga o‘tirib ko‘rgan.
Ushbu avtomobil Xitoy avtosanoatiga tegishli bo‘lib, ayni vaqtda O‘zbekiston bozorida ham keng sotuvlarga ega bo‘lib borayotganini ko‘rish mumkin.