Quyoshli kunlar va ayozli tunlar: O‘zbekistonda bir haftalik ob-havo haqida so‘zlab beramiz va Yangi yil uchun 7 ta obrazni namoyish qilamiz
Yilning so‘nggi ish haftasi ko‘tarinki va ayozli tarzda boshlanadi: faqat tungi minuslar tezda plyusga almashadi, ufqda esa quyosh porlashni boshlaydi. Va bu bayramni rejalashtirish hamda Yangi yilga liboslar izlash bilan astoydil shug‘ullanish vaqti kelganidan dalolat beradi. Shu maqsadda Masha Zaraga yo‘l oldi va u yerdan 7 ta bayramona obrazlarni tanladi. Tomosha qilamiz hamda zavq olamiz!
Toshkentdagi bir haftalik ob-havo: 23-dekabr - 29-dekabr kunlari
23-dekabr
Dushanba kuni ertalab havo sovuq bo‘ladi: O‘zgidromet havoning -2 dan -6 darajagacha sovishini va’da qilmoqda. Kunduzi esa havo ochiq, quyoshli va harorat +2 darajagacha iliq bo‘ladi. Kechga borib sovuq havo yana qaytadi va -2...-4 darajaga tushadi.
Mashada
Payetkali (yaltiroq tangachali) va yelka tadligidagi ko‘ylak
24-dekabr
Seshanba kuni quyoshli havo kutilmoqda! D vitamini tanqisligini (ha, buni qishda ham amalga oshirish mumkin) tushlik payti havo +5 gacha isiganda sayr qilish bilan to‘ldiramiz. Oqshomni yaxshisi uyda, archa yonida o‘tkazgan ma’qul, chunki ko‘chada harorat yoqimsiz 0 daraja.
Mashada
25-dekabr
Seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi havo biroz sovuq bo‘ladi (-1..-3), kunduzi +7 darajagacha isiydi. Quyosh o‘z injiqligini ko‘rsata boshlaydi va bulutlar orqasiga yashirinadi: kechqurun esa sinoptiklar bulutli ob-havo va +1 daraja iliq bo‘lishini bashorat qilishmoqda.
Mashada
Naqshli payetkali midi yubka Burmali atlas top
26-dekabr
Payshanba havo kun bo‘yi bo‘g‘iq, bulutli bo‘lsa-da, harorat kunduzi +6, kechqurun esa +2 darajagacha iliq bo‘ladi. Vaziyat kechasi o‘zgarmaydi, shunday ekan, bizga faqat bir narsa - bunga ko‘nikish va keyingi kun uchun quyoshli havoni niyat qilishdan boshqa iloj qolmaydi.
Mashada
27-dekabr
2024-yilning so‘nggi jumasi va kun tartibida yana o‘sha iliqlik. Kunduzi harorat +5..+7, kechqurun +3, kechasi esa +1 daraja iliq. Quyosh chiqmaydi, lekin biz umidsizlikka tushmaymiz va hech bo‘lmaganda yog‘ingarchilik bo‘lmagani uchun samodan minnatdor bo‘lamiz.
Mashada
28-dekabr
O‘zbekistonda katta dam olish kunlari boshlanadi va bu shu qadar zo‘rki, quyosh go‘yoki kichik ta’tildan qaytgandek. Ha, kunduzi havo ochiq va quyoshli, harorat +6 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi esa bayramona ayoz qaytadi, lekin hozircha -1 darajani qayd etadi.
Mashada
29-dekabr
29-dekabr kuni ob-havo ham quyosh nurlarida yashnaydi, kunduzii havo +6 daraja iliq bo‘lishi bilan bizni quvontiradi. Bayramoldi xaridlariga ertaroq shaylanamiz, chunki kechqurun ko‘chada +1..+2 daraja iliq, uyda esa - hal qilinmagan ishlar ro‘yxati, masalan, umumiy tozalash turibdi.
Mashada
Shokilali va payetkali ko‘ylak