РУ
O’Z
UZS
/
/
Olimlar koʻrish qobiliyatini tiklash uchun vaksina ishlab chiqdi
27.01.2025

Olimlar koʻrish qobiliyatini tiklash uchun vaksina ishlab chiqdi

Olimlar koʻrish qobiliyatini tiklash uchun vaksina ishlab chiqdi

Kolorado universiteti tibbiyot instituti tadqiqotchilari koʻrish qobiliyatini tiklashga yordam beruvchi LL-341070 preparatini ishlab chiqdi.

Preparat tarqoq skleroz, jarohatlar yoki nevrologik kasalliklardan soʻng koʻrish qobiliyatini yoʻqotganlarga yordam berishi kutilmoqda. U asab tolalarining himoya qobigʻi boʻlgan miyelinning tiklanishini tezlashtiradi, shu bilan birga miyaning tabiiy tiklanish jarayonini jarrohliksiz ragʻbatlantiradi.

Sichqonlar ustida oʻtkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangan. Agar AQSH Sogʻliqni saqlash vazirligi ruxsat bersa, insonlar ustidagi sinovlar 2025-yilning oʻzida boshlanishi mumkin.

“Miyelin miya faoliyatida muhim ahamiyatga ega ekanini koʻp yillardan buyon bilamiz. Ushbu tadqiqot kortikal (qobigʻ) miyelinning koʻrish qobiliyatidagi rolini alohida taʼkidlaydi. Dori vositasi oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin, chunki u miyaning tabiiy tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi”, deydi tadqiqotning birinchi rahbari, professor Daniyel Denman.

Tadqiqotchilar dori vositasini miyaning boshqa qismlarida sinab koʻrishni va davolash usulini takomillashtirish orqali uni yanada samaraliroq hamda vaqti kelib bemorlar uchun qulayroq qilishni rejalashtirmoqda.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.