верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Xiaomi Smart Band 9 smart-brasleti taqdim etildi
22.07.2024

Xiaomi Smart Band 9 smart-brasleti taqdim etildi

Xiaomi Smart Band 9 smart-brasleti taqdim etildi

Xiaomi yangi aqlli bilaguzuk Smart Band 9ʼni taqdim etdi. Yangi mahsulot nisbatan kuchli batareyaga ega boʻlib, u Always On Display funksiyasidan foydalanilmaganda 21 kungacha, bu funksiya faollashtirilganda esa 9 kungacha quvvatlanmasdan ishlay oladi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Oldingi model bilan solishtirganda, Xiaomi Smart Band 9 koʻrinishi deyarli oʻzgarishsiz qoldi. Qurilma 60 Gts yangilanish tezligiga ega 1,6 dyuymli OLED ekran va yangilangan Bluetooth 5.4 moduli bilan jihozlangan. Bilaguzuk 150 dan ortiq mashgʻulot rejimini qoʻllab-quvvatlaydi va suv oʻtkazmaydigan korpusga ega.

Kompaniya yurak urish tezligi sensori aniqligini oldingi avlodga nisbatan 16 foizga yaxshilaganini maʼlum qildi. Shuningdek, u uyqu paytida nafas olish muammolarini aniqlashning aniqligini yaxshilash uchun Pekin universiteti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.

Tez almashtiriladigan turli xil tasma toʻrt rangda taqdim etildi: pushti, qora, oq va koʻk. Oʻrnatilgan akkumulyator sigʻimi 233 mA/soatni tashkil etadi, bu 190 mA/soat boʻlgan avvalgisidan ancha yuqori. NFC modeli baʼzi avtomobil modellari uchun kalit sifatida ishlatilishi mumkin.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.