1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda hafta o‘rtasida: 28–31-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
26.10.2025 (yangilandi 26.10.2025)

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida: 28–31-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida: 28–31-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 27–30-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8°, kunduzi 28 va 31 oktyabrda 17-22°, 29-30 oktyabrda 20-25° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 oktyabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29-31 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.  Harorat kechasi 28 oktyabrda 8-13°, 29-31 oktyabrda 6-11°, kunduzi 28 va 31 oktyabrda 21-26°, 29-30 oktyabrda 23-28° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 oktyabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29-31 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 28 oktyabrda 18-23°, 29-31 oktyabrda 21-26° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 oktyabrda Qashqadaryo viloyatida bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28 oktyabrda 10-15°, 29-31 oktyabrda 8-13°, kunduzi 28 va 31 oktyabrda 21-26°, 29-30 oktyabrda 23-28° bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 oktyabrda kechga tomon bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29-31 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 21-26°, 29-31 oktyabrda kechasi 6-11°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. 29-31 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° dan 3-8 iliq gacha pasayadi, kunduzi 28-29 oktyabrda 12-17°, 30-31 oktyabrda 15-20° bo‘ladi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.