02.09.2025
Ledi Gaganing “Uenzdey” seriali ikkinchi mavsumidagi surati e’lon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Internetda “Uenzdey” serialining ikkinchi mavsumidan yangi kadr tarqaldi.
Unda qo‘shiqchi Ledi Gaga sirli Rozalin Rotvud rolida tasvirlangan.
Qahramon haqidagi ma’lumotlar sir tutilmoqda. Gaga, shuningdek, yangi qismlar chiqishiga bag‘ishlangan “Dead Dance” qo‘shig‘ini yozdi. Qo‘shiq videolavhasini Tim Burton suratga olgan.

“Uenzdey” ikkinchi mavsumining yakuniy qismlari 3-sentyabr kuni Netflix’da efirga uzatiladi.