Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova ELLE Oʻzbekiston muqovasida
Sportchi qiz jurnalning yangi sonida oʻziga notanish qiyofada namoyon boʻldi.
2024-yilgi Olimpiya oʻyinlarida oltin medal sohibasi, Osiyo chempioni hamda jahon chempionatlari sovrindori boʻlgan dzyudochi Diyora Keldiyorova ELLE Oʻzbekiston uchun yangi fotosessiyada ishtirok etib, mashhur jurnalning muqovasini bezadi.
Glamour Avenue Department Store bilan hamkorlikda amalga oshirilgan suratga olish jarayoni nafaqat Diyoraning sport yutuqlarini, balki uning uslubi va jozibadorligini ham namoyon etdi. Tasvirlarda u zamonaviy moda yoʻnalishlarini aks ettiruvchi nafis liboslarda koʻzga tashlanadi.
Diyora Keldiyorova oʻzining qatʼiyati va xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari bilan yoshlarni ilhomlantirish yoʻlida davom etmoqda. ELLE Oʻzbekistonga bergan intervyusida u gʻalabalari va sport uning hayotiga qanday taʼsir koʻrsatgani haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.