“One Piece. Katta o‘lja” ikkinchi mavsumining promosi paydo bo‘ldi


Netflix “One Piece. Katta o‘lja” shousining ikkinchi mavsumi uchun promo-rolikni e’lon qildi.
Yangi seriyalarning treyleri 31-may kuni bo‘lib o‘tadigan yillik TUDUM tadbirida taqdim etiladi. “One Piece” Eyitiro Odaning shu nomdagi mangasiga asoslangan. Syujet afsonaviy “Van-Pis” xazinasini topishni va dengiz qaroqchilari qiroli bo‘lishni orzu qilgan yosh qaroqchi Luffi (Inyaki Godoy) haqida hikoya qiladi.
Serialda shuningdek Makenyu, Emili Radd, Jeykob Romero Gibson va Taz Skaylar ham rol o‘ynagan. Birinchi mavsum 2023-yil avgust oyida strimingda debyut qildi va tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi. Moslashtirishning yaratuvchilari Stiven Mayeda ("Meni aldading") va Mett Ouens ("Sh.I.T. agentlari") edi.