верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Manchesterlik muxlislar Abduqodir Husanovni sog‘inganini yozmoqda
21.05.2025

Manchesterlik muxlislar Abduqodir Husanovni sog‘inganini yozmoqda

Manchesterlik muxlislar Abduqodir Husanovni sog‘inganini yozmoqda

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning o‘yin amaliyotisiz qolayotganiga bir yarim oydan o‘tdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Angliya kubogi finalida Xosep Gvardiola 21 yoshli futbolchini o‘yin qaydnomasiga kiritdi, biroq maydonga tushirgani yo‘q.

Shunga qaramay, klub matbuot xizmati va Angliya futbolini yoritayotgan manbalar o‘zbek legioneri “shaharliklar” mashg‘ulotlarida faol qatnashayotgani aks etgan foto va video materiallarni e’lon qilib bormoqda.

Garchi Abduqodir asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan bo‘lsa-da, tushkunlikka tushgani yo‘q. Suratlarda kayfiyati joyida ekani va mehnat qilishdan to‘xtamaganini ko‘rish mumkin.

O‘z navbatida “Manchester Siti”ning butun dunyo bo‘ylab yoyilgan muxlislari klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida o‘zbek futbolchisi haqida o‘z fikr-mulohazalarini qoldirmoqda.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.