РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekiston 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar qatoriga kirdi
21.01.2025

Oʻzbekiston 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar qatoriga kirdi

Oʻzbekiston 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar qatoriga kirdi

“BBC Travel” global media portali maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta yoʻnalish roʻyxatiga kirdi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi xabar berdi.

Unda taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda infratuzilma rivojlanmoqda, jumladan, yangi mehmonxonalar, yuqori tezlikdagi temir yoʻl marshrutlari, ichki aviareyslar va yangilangan madaniy diqqatga sazovor joylar sayohatchilar uchun imkoniyatlar yaratilgan.

Bundan tashqari, 90 dan ortiq mamlakatning, jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya fuqarolari Oʻzbekistonga vizasiz tashrif buyurishi mumkinligi sayohatni sezilarli darajada osonlashtiradi va sayyohlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, 2024-yil noyabr oyida Qozogʻiston va Oʻzbekistonni bogʻlovchi “Ipak yoʻli temir yoʻl sayohati” nomli birinchi xalqaro temir yoʻl yoʻnalishi ishga tushirildi.

Bunday sayohat nafaqat qadimiy savdo va madaniy almashuvlar muhitiga shoʻngʻish, balki mintaqada madaniy aloqalarni kengaytirish va turizmni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, deyiladi “BBC Travel” xabarida.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.