Foto: Toshkentdagi eng qimmat bir xonali xonadon. Uning ijarasi uchun $1900 toʻlash kerak
OLX eʼlonlar saytida turli qiziqarli postlarni uchratish mumkin. Ushbu xabar orqali eʼtiboringizga Toshkent shahridagi eng qimmat boʻlib turgan bir xonali xonadonni taqdim etamiz.
Eʼlon muallifiga koʻra, 35 kv/m maydonga ega ega xonadon Toshkent markazidagi Nest One turar-joy majmuasida joylashgan. Ayni vaqtda uyda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va u tez orada foydalanishga topshiriladi.
Uy egasi xonadonda konditsioner, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, televizor va Wi-Fi boʻlishini maʼlum qilgan. Oshxonaning oʻzi 10 kv/m maydonga joylashgan. Atrofda esa maktab, bogʻcha, restoranlar va savdo markazi mavjud.
Ushbu qimmatbaho bir xonali xonadon uchun 1900 dollar ijara toʻlovi soʻralmoqda. Eʼlon muallifi bu manzil yangi uy qidirayotganlar uchun idel boʻlishini aytgan va jiddiy taklifga ega boʻlmaganlardan bezovta qilmaslikni soʻragan.