“Barselona” Abduqodir Husanovni ijaraga olmoqchi


O‘zbekistonlik himoyachi yangilanishi kerak bo‘lgan pozitsiyani kuchaytirishi mumkin.
Ispaniyaning “Barselona” klubi o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni Angliyaning “Manchester Siti” klubidan ijaraga olishi mumkin, deb xabar beradi Carpetasfcb.
Nashrning qayd etishicha, yosh futbolchi ingliz futboli talablariga moslasha olmagan.
“Barsa” sport direktori Deku Husanov klubning kelajakdagi loyihasiga juda mos keladi, deb hisoblamoqda. O‘zbekistonlik himoyachi yangilanishi kerak bo‘lgan pozitsiyani kuchaytirishi mumkin edi.
Hozircha Husanovga bo‘lgan qiziqish dastlabki xarakterga ega. Bitim “Siti” tomonidan qo‘yilgan shartlar va futbolchining xohishiga bog‘liq bo‘ladi. Ispan klubi keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.