РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda ayrim soha vakillarining oyligi oshiriladi
26.11.2024

Oʻzbekistonda ayrim soha vakillarining oyligi oshiriladi

Oʻzbekistonda ayrim soha vakillarining oyligi oshiriladi

Prezident qarori bilan 1-yanvardan madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi 20 foizga, 1-iyuldan yana 15 foizga oshiriladi.

1-yanvardan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi, deya xabar bermoqda OʻzA nashri. Bu haqda 22-noyabr prezidentning “Madaniyat va sanʼat, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori chiqdi. Oʻsha kuni davlat rahbariga madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimot qilinib, 2025-yildan shu soha xodimlarining ish haqi oshirilishi aytilgandi.

Qarorga koʻra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:

  • 2025-yil 1-yanvardan boshlab — 20 foizga;
  • 2025-yil 1-iyuldan boshlab — yana 15 foizga oshiriladi.

Moddiy manfaatdorlik xodimning ish samaradorligi (KPI) koʻrsatkichlariga bogʻlanadi. Unda aholiga madaniy xizmat koʻrsatish, ayniqsa, olis hududlarga gastrollar uyushtirish, yangi asarlar yaratish, iqtidorli yosh ijodkorlarni izlab topish kabi mezonlar inobatga olinadi.

Shavkat Mirziyoyev yigʻilishida, shuningdek, 2025-yildan boshlab Milliy simfonik orkestr xodimlarining ham ish haqlari oshirilib, munosib moddiy ragʻbatlantirish haqida soʻz borgan.

Orkestr jamoasi tomonidan davlat buyurtmasi asosida har yili yangi musiqiy asarlar yaratiladi, mahoratli dirijyor, orkestr ijrochilarining mahorat maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Orkestr jamoasining hududlar va xorijiy gastrol safarlari tashkil etiladi, yirik korxona va tashkilotlar xodimlari uchun konsert namoyishlari tashkil etiladi, deya maʼlum qilingan prezident ishtirokida oʻtgan yigʻilishda.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.