Oʻzbekistonda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov oʻz Telegram kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, markaz bolalar tarbiyasi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladigan axborot makonidagi kontentni tahlil qiladi. Mahalliy ijodkorlarga milliy kontent yaratish bo‘yicha buyurtma beradi, sohada kadr tayyorlashni tashkil qiladi. Qori Niyoziy instituti markazga ilmiy jihatdan ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, bu masalalar faqatgina bitta markazning ishi bo‘lib qolmasligi, mas’ul barcha vazirliklar markaz bilan ishlarni boshlashi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, Bolalar kontentini rivojlantirish markaziga direktor etib rejissyor Jahongir Ahmedov tayinlandi. Ma’lumot uchun, bungacha rejissyor “Ilhaq”, “Islomxoʻja” va “Tundan tonggacha” kabi filmlarni suratga olgan.