18.11.2024
                                                    (yangilandi 19.11.2024)
                                            
                    
                Farrux Zokirov va Sevara Nazarxon Rossiyada “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi
 
                 
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Shohzamon Shuhratov
                                                                        Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻzbekistonlik sanʼatkorlar Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Mazkur farmon RFning rasmiy huquqiy hujjatlar eʼlon qilanidigan vebsaytga joylashtirilgan.
Ikki ijrochi “oʻzbek va rus madaniyatini yaqinlashtirish va boyitishga qoʻshgan hissasi uchun” “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Maʼlumot oʻrnida, “Doʻstlik” ordeni 1994-yil bahorida taʼsis etilgan boʻlib, u Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi.
 
             
         
         
         
     
         
         
         
         
         
         
         
         
         
         
        