Har bir kunni SPF va suv bilan o‘tkazing: O‘zbekistonda haftalik ob-havo haqida so‘zlab beramiz va Zara’dagi chegirmadan 7 ta obrazni ko‘rsatamiz


Toshkent va butun O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo barqarorligi bilan hayratga solmoqda. Boshqa davlatlarda yomg‘irlar yog‘ayotgan bir paytda, bu yerda hali ham issiq, quyoshli va bir tomchi yomg‘ir ham yo‘q. Ammo shunday sharoitda ham o‘zingizga va sog‘lig‘ingizga e’tiborli bo‘lish lozim: ko‘proq suv iching, soyada vaqt o‘tkazing, SPFli krem surting va quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak taqing. Shu bilan birga, albatta, Zara’dagi chegirmalarni o‘tkazib yubormang: Masha yozgi chegirmalarda yangi obrazlarni topdi.
Toshkentda 30 iyun – 6 iyul haftalik ob-havo prognozi
30-iyun
Dushanba kuni ob-havo prognozi quyoshli tongni va’da qilmoqda: +28, kunduzgi jazirama +35 va juda iliq kechki havo +30 bilan. Ishdan keyin sayr qilib, yangi yozgi xotiralarni yarating.

Mashada:
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

1-iyul
Yozning ikkinchi oyining ilk kuni yana bir necha daraja issiqlik qo‘shadi. Toshkentda kunduzi +37, kechasi +32 bo‘ladi. Vaqtingizni ko‘p qismini konditsioner yoki ventilyator yonida o‘tkazing!

Mashada:
2-iyul
Hafta o‘rtasi avvalgi kunlardan deyarli farq qilmaydi. Sinoptiklar kunduzi +37, kechasi +33 bo‘ladi deyishmoqda. Ammo bu issiqlik yengil va sezilmas shabada tufayli +30 kabi sezilishi mumkin.

Mashada:
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

3-iyul
Payshanba kuni Toshkentda quyidagi ob-havo kutilmoqda: tongda +32 bilan ochiq osmon, kunduzi esa o‘zgaruvchan bulutlilik va +38 issiqlik. Tushlikni ofisda yoki uyda qilganingiz yaxshiroq – chunki ichkarida hech bo‘lmasa, salqin joy/ventilyator/konditsioner bor.

Mashada:
4-iyul
Juma kuni butun kun davomida Toshkentda quyosh charaqlaydi. Kunduzi harorat +36, kechqurun esa +31 darajani tashkil qiladi. Sevimli liboslaringizni kiyib, oilangiz va do‘stlaringiz bilan kechki ovqatga chiqing va yengil torting – og‘ir ish haftasi ortda qoldi!

Mashada:
Yengil so‘lqillab turadigan matodan ko‘ylak
5-iyul
Shanba kunini unumli emas, xordiq chiqarib va zavqli o‘tkazing. Shahar tashqarisiga boring, piknik qiling yoki akvaparkka chipta oling – ayniqsa, kunduzi +34, kechasi +31 bo‘lishi kutilayotgan, quyosh esa eng yuqori nuqtada porlayotganda – ayni muddao.

Mashada:
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

6-iyul
Yakshanba kuni sezilmas darajada, ammo baribir bir oz bo‘lsa-da, sovish kutilmoqda. Tongda +27, kunduzi +32, kechasi +30. Boshqa payt hech qo‘l bormaydigan uyni umumiy tozalashga vaqt keldi, so‘ngra esa xaridga chiqing: bozordan tortib savdo markazigacha – kimga qay biri yaqin bo‘lsa, chin dindan shoping qiling.

Mashada: