O‘zbekistonda dam olish kunlarida: 4–7-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 4–7-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 4-5 oktyabrda 15-20° bo‘ladi, 6-7 oktyabrda 20-25° gacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-6 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 3-6 oktyabrda 20-25°, 7 oktyabrda 22-27° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 4-5 oktyabrda 22-27°, 6 oktyabrda 20-25°, 7 oktyabrda 24-29° bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23°, 5-7 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8°, kunduzi 4 oktyabrda 10-15°, 5-7 oktyabrda 12-17° bo‘ladi.