верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda futbol haqida ishlangan “Aut” seriali premyera sanasi aniq boʻldi
27.03.2025

Oʻzbekistonda futbol haqida ishlangan “Aut” seriali premyera sanasi aniq boʻldi

Oʻzbekistonda futbol haqida ishlangan “Aut” seriali premyera sanasi aniq boʻldi

Oʻzbekistonda futbol va uning atrofidagi noqonuniy voqealarga bagʻishlangan “Aut” seriali suratga olindi. Drama-kriminal janridagi serial 17-aprel kuni Salom TV platformasida premyera qilinadi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Yosh umidli futbolchi Jasurning karyerasi kutilmaganda xavf ostida qoladi. U jiddiy jarohat oladi va qimmat operatsiyani oʻtkazishi kerak. Ogʻir ahvolda qolgan Jasur xavfli qarorga keladi. Futbol olamidagi aloqalaridan foydalanib, kelishilgan oʻyinlarni tashkil qilishga qoʻshiladi.

Maʼlumot uchun, serial 10 qismdan iborat boʻlib, 20−25 daqiqa davom etadi. Bundan tashqari, ikkinchi mavsum ham suratga olinishi mumkin. Serialda asosiy rollardan birini Karim Mirhodiyev ijro etgan.

Bundan tashqari, serialda Samandar Solmetov, Mohlaroy Sobirova, Oʻlmas Urayev, Saida Xaybatov, Vazira Yunusova, Azim Yoʻldoshev, Bahrom Boltayev, Baxtiyor Musayev, Oybek Mirzayev kabi aktyor va aktrisalar rol oʻynagan.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.