28.02.2025
(yangilandi 28.02.2025)
“Shrek 5” multfilmining rasmiy tizeri e’lon qilindi (video)


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Universal Pictures sehrli mamlakatdagi yashil gigantning sarguzashtlari haqidagi animatsion seriyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri davomi bo‘ladigan “Shrek 5” animatsion filmining birinchi tizerini e’lon qildi.
Kemeron Diaz, Eddi Myorfi va Mayk Mayers o‘z rollariga qaytishdi.
Shuningdek, tizerda Shrek va Fionaning voyaga yetgan qizini ko‘rish mumkin, uning rolini Zendeya ijro etgan.
Filmning jahon premyerasi 2026-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.