1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda hafta o‘rtasida: 29-oktyabr–1-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
27.10.2025 (yangilandi 27.10.2025)

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida: 29-oktyabr–1-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida: 29-oktyabr–1-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 29-oktyabr–1-noyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 29-31 oktyabrda 20-25°, 1 noyabrda 15-20° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29-31 oktyabrda 6-11°, 1 noyabrda 4-9°, kunduzi 29 oktyabrda 21-26°, 30 oktyabrda 23-28° bo‘ladi, 31 oktyabr-1 noyabrda 17-22° gacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 29-31 oktyabrda 21-26°, 1 noyabrda 17-22° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 29-30 oktyabrda 23-28° bo‘ladi, 31 oktyabr-1 noyabrda 19-24° gacha pasayadi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 29-31 oktyabrda 18-23°, 1 noyabrda 17-22° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. 30 oktyabr-1 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° iliqdan 5-10° gacha, kunduzi 8-13° dan 13-18° gacha o‘zgarib turadi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.