верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Nilufar Sotiboldiyeva shaxsiy hayotiga oid sirni oshkor qildi
28.05.2025

Nilufar Sotiboldiyeva shaxsiy hayotiga oid sirni oshkor qildi

Nilufar Sotiboldiyeva shaxsiy hayotiga oid sirni oshkor qildi

O‘zbek, rus va ingliz tilida erkin gaplashadigan boshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva bu yil 43 yoshni qarshiladi. Hamisha kiborlardek kiyinadigan va “O‘zbekistondagi eng qimmat boshlovchilardan biri” deya eʼtirof etiladigan boshlovchining muvaffaqiyat siri nimada?

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

U shaxsiy hayoti haqida gapirishni unchalik istmasa-da, boy-badavlat insonning farzandi bo‘lmagani va bugungi kunga erishish uchun qiyin kunlarni boshdan kechirganini yashirmaydi.

Nilufar Sotiboldiyeva 1982-yili Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Oilada ikki qiz, uning bir nafar singlisi bor.

Otam vafot etguniga qadar bolaligim juda go‘zal o‘tgan. Onamning aytishicha, bog‘cha yoshidan boshlab hech kimga gap bermaydigan, gapga chechan qiz bo‘lganman. Onam shifokor bo‘lgani uchun qizlarining ham shu sohani egallashini orzu qilardi. Ammo men biror marta shifokor bo‘laman demaganman.

Hatto, kichik yoshda boshlovchi degan so‘zni bilmay “Televizorning ichidan chiqaman”, derdim. Afsuski, otam og‘ir hastalik sabab, hayotni juda erta tark etgan. O‘shanda men 3 yoshda, singlim esa 6 oylik chaqaloq bo‘lgan. Otamning yelkasiga mindirib olib yurgan kunlarini juda yaxshi eslayman, — deydi boshlovchi.

Nilufar Sotiboldiyeva bolalikdan til o‘rganishga va jurnalistikaga qiziqqan. Ko‘pchilik tengdoshlari tilni repetitorga qatnab o‘rganishsa, u mustaqil o‘rganishga majbur edi. Chunki onasining oyligi ro‘zg‘or va ijara pulidan ortmasdi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.