O‘zbekistonda hafta o‘rtasida: 4–7-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
“O‘zgidromet” 4–7-noyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 noyabrda 0-5° iliq, 5-7 noyabrda 0-5° sovuq gacha pasayadi, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5-7 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 6-7 noyabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq, Navoiy viloyating shimolida kechasi 4 noyabrda 0-5° iliq, 4-7 noyabrda 0-5° sovuq gacha pasayadi, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-7 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5 noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 noyabrda 3-8° iliq, 5-7 noyabrda 2°sovuq-3° iliq gacha pasayadi, kunduzi 4-6 noyabrda 8-13° iliq, 7 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-7 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 noyabrda 3-8° iliq, 5-7 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-7 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5 noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 noyabrda 3-8° iliq, 5-7 noyabrda 2°sovuq-3° iliq gacha pasayadi, kunduzi 4-6 noyabrda 8-13° iliq, 7 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-5 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. 6-7 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-6 noyabrda ayrim joylarga tuman tushadi. g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 noyabrda kechasi va kunduzi 2°sovuq-3° iliq, 5-6 noyabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3°sovuq-2° iliq, 7 noyabr kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq.