1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir” futbolchisi bo‘lish arafasida — manba
22.07.2025

Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir” futbolchisi bo‘lish arafasida — manba

Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir” futbolchisi bo‘lish arafasida — manba

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning “SSKA” klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Turkiyaning “Bashakshehir” jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi.

Manbalarga ko‘ra, futbolchi yaqin kunlarda Turkiyaga jo‘nab, tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, “Bashakshehir” bilan shartnoma imzolaydi. Transfer qiymati 7,5 million yevro atrofida bo‘lishi aytilmoqda. Hozircha futbolchi necha yillik shartnomaga imzo chekishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Shu bilan birga, “SSKA” bugungi Rossiya Premyer Ligasidagi “Orenburg”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biroq Fayzullayev jamoaning qaydnomasiga kiritilmadi.

Agar kelishuv yakuniga yetsa, Fayzullayev “Bashakshehir” safidagi ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanishi mumkin. Avvalroq klub Eldor Shomurodovni “Roma”dan mavsum oxirigacha ijaraga olgandi.

Ma’lumot uchun, Fayzullayev o‘tgan mavsum “SSKA” tarkibida jami 39 o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatma bilan ajralib turgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.