O‘zbekistonda hafta oxirlarida: 9–12-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 9–12-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-11 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 9-10 oktabrda kechasi 5-10°, 11-12 oktabrda 7-12°, 9 va 12 oktabrda kunduzi 20-25°; 10 -11 oktabrda 22-27° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° bo‘ladi, 10 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 25-30°, 11 oktabrda kechasi 10-15, kunduzi 27-32°, 12 oktabrda kechasi 10-12°, kunduzi 25-30° bo‘ladi..
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-10 oktabrda 8-13°, kunduzi 23-28°, 11-12 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9 oktabrda 9-14°, kunduzi 25-30°, 10-12 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27°, 10 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 11-12 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi24-29° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 9 oktabrda 16-21°, 10-12 oktabrda 18-23° bo‘ladi.