РУ
O’Z
UZS
/
/
Xivada “Qovun sayli” festivali boʻlib oʻtdi
13.08.2024

Xivada “Qovun sayli” festivali boʻlib oʻtdi

Xivada “Qovun sayli” festivali boʻlib oʻtdi

Qovunni qayta ishlash va saqlaganligi uchun”, “Qadimiy Xorazm navlarini tiklash va yangi innovatsion texnologiyalar joriy qilganligi uchun”, “Qovunchilikda eng yuqori rentabellikka va eksportbop qovun yetishtirgani uchun”, “Eng shirin ekologik qovun yetishtirganligi uchun” nominatsiyalari boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi va taqdirlandi.

Oʻzbekistonda agroturizm yoʻnalishini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlarni keng targʻib etgan holda bu orqali hududlarga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Turizm qoʻmitasi va Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda koʻhna Xiva shahrida “Qovun sayli” festivali tashkil etildi.

Foto: Turizm qoʻmitasi axborot xizmati

Festival uchun “Polvon” darvoza oldi, “Alleya” maydonining 4 gektarida 60 ta pavilon tashkil qilinib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, Xorazm viloyatidagi 13 ta shahar va tuman hokimliklari, oʻz hududlarida yetishtirilgan meva-sabzavotlar, poliz ekinlari qovun mahsulotlarining “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qariqiz”, “Tuya qovun”, “Toʻyona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, “Koʻk gulobi”, “Boʻrikalla” kabi mahalliy qovunlarning 125 ga yaqin navlari namoyishi hamda hunarmandchilik mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Foto: Turizm qoʻmitasi axborot xizmati

Festival yakunida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Unga koʻra, Xorazm viloyati Yangibozor tumani gran-pri sohibiga aylandi (yutuq — Tracker). Birinchi oʻrin  Urganch shahriga (yutuq — Onix), ikkinchi oʻrin Xiva tumaniga (yutuq — Damas), uchinchi oʻrin esa Urganch tumani, Xiva shahri va Qoʻshkoʻpir tumanlariga (yutuq har biriga — mototsikl) nasib qildi.

Foto: Turizm qoʻmitasi axborot xizmati

Shuningdek, “Qovunni qayta ishlash va saqlaganligi uchun”, “Qadimiy Xorazm navlarini tiklash va yangi innovatsion texnologiyalar joriy qilganligi uchun”, “Qovunchilikda eng yuqori rentabellikka va eksportbop qovun yetishtirgani uchun”, “Eng shirin ekologik qovun yetishtirganligi uchun” nominatsiyalari boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi va taqdirlandi.

Foto: Turizm qoʻmitasi axborot xizmati

Tadbir tufayli Xorazm viloyatiga shu kunlarda 30 mingdan ortiq xorijiy mehmonlar va 400 mingga yaqin mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi. Maʼlumot uchun, bu kabi festivallar ichki va tashqi turizmni yanada rivojlantirishga, turistlar soni oshishiga xizmat qiladi.