верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda mart va avgustdan ish haqi, pensiya hamda nafaqalar oshiriladimi?
17.02.2025

Oʻzbekistonda mart va avgustdan ish haqi, pensiya hamda nafaqalar oshiriladimi?

Oʻzbekistonda mart va avgustdan ish haqi, pensiya hamda nafaqalar oshiriladimi?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar 2025-yil 1-martdan va 1-avgustdan 10 foizga oshirilishi toʻgʻrisida tarqalgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

“Ish haqi va pensiyalar boʻyicha har qanday rasmiy maʼlumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali eʼlon qilinadi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishonchli manbalarga tayanishni va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmaslikni soʻradi.

Oʻzbekistonda oxirgi marta 2024-yil sentyabrda pensiyalar va nafaqalar 15 foizga oshirilgan edi. Xususan, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 428 ming soʻm, yoshga doir eng kam pensiya miqdori oyiga 834 ming soʻm etib belgilandi.

1-oktyabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining maoshi 10 foizga, oʻqituvchilar va tibbiyot xodimlarining maoshi esa 15 foizga koʻtarilgandi. Bunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 soʻm, bazaviy hisoblash miqdori — 375 000 soʻm etib belgilangandi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.