верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Eldor Shomurodovning jamoadoshi “Roma”ni tark etishi mumkin
02.05.2025

Eldor Shomurodovning jamoadoshi “Roma”ni tark etishi mumkin

Eldor Shomurodovning jamoadoshi “Roma”ni tark etishi mumkin

Ukrainalik hujumchi Artyom Dovbik Ispaniya La Ligasiga qaytishi mumkin. Roma Press nashri xabariga ko‘ra, “Roma” klubi rahbariyati uni sobiq jamoasi “Jirona”ga transfer qilish haqida o‘ylamoqda.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Birinchi mavsumida 16 ta gol urganiga qaramay, Dovbik rimliklar rahbariyatini to‘liq ishontira olmadi. “Roma” moliyaviy muvozanatni tiklash maqsadida uni sotib yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Garchi boshqa jamoalar ham Artyomga qiziqayotgan bo‘lsa-da, “Jirona” bu transfer borasida boshqalardan ilgarilab ketgan. Dovbik La Ligadagi avvalgi faoliyati bilan muxlislar xotirasida ijobiy taassurot qoldirgan. U ispan jamoasi safida ancha faol harakat qilib, ketma-ket uchrashuvlarda muhim gollarni kiritgan.

“Jirona” bosh murabbiyi Mishel ham futbolchini jamoaga qaytarish tarafdori. U Dovbikni yana eng yuqori darajaga olib chiqishiga ishonmoqda.

Biroq mazkur transferda bir nechta to‘siqlar borligi aytilmoqda. Asosiy muammo futbolchining narxi bo‘lib, “Roma” ukrainalikka sarflangan mablag‘ning katta qismini qaytarib olmoqchi. Lekin “Jirona” futbolchi uchun belgilangan summani to‘lay olmasligini bildirgan.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.