верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Luka Modrich faoliyatini “Milan”da davom ettiradi — Romano
26.06.2025 (yangilandi 26.06.2025)

Luka Modrich faoliyatini “Milan”da davom ettiradi — Romano

Luka Modrich faoliyatini “Milan”da davom ettiradi — Romano

Madridning “Real” klubi afsonaviy yarim himoyachisi Luka Modrich kelgusi mavsumdan boshlab Italiya A Seriyasida to‘p suradi. Bu haqda mashhur futbol insayderi Fabritsio Romano o‘z sahifasida ma’lumot bergan.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Unga ko‘ra, 39 yoshli xorvatiyalik futbolchi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng “Milan” jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Tomonlar allaqachon og‘zaki kelishuvga erishgan va turnirdan so‘ng Modrich Italiyaga yetib borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi rejalashtirilgan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Modrich 2012-yildan buyon “Real Madrid” safida harakat qilib kelmoqda. Bu mavsum davomida u jami 59 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 9 ta assist muallifi bo‘ldi. Futbolchining “Real” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi shu oyning oxirida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 4 million yevroga baholagan.

Ma’lumot o‘rnida, “Real Madrid” 27-iyun kuni Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinida Avstriyaning “Red Bull Zalsburg” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.