РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda sayilgohlarni xususiylashtirish qonun bilan taqiqlanadi
25.11.2024

Oʻzbekistonda sayilgohlarni xususiylashtirish qonun bilan taqiqlanadi

Oʻzbekistonda sayilgohlarni xususiylashtirish qonun bilan taqiqlanadi

Madaniy hordiq maskanlari, yerlari va binolarni begonalashtirish, hududini qisqartirish hamda bino qurish kabi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi.

“Adolat” SDP va Ekologik partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari aʼzolari tomonidan aholining madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Qayd etilishicha, oʻrganishlar davlat mulki hisoblangan umumiy foydalanishdagi bogʻlar, sayilgoh, xiyobon va daraxtzorlar hududida bino-inshootlarni qurish kengayayotgani koʻp yillik daraxtlarning kesilishiga, atrof-muhit ifloslanishiga olib kelayotganini koʻrsatgan. Bu esa oʻz navbatida, aholi noroziligiga sabab boʻlmoqda.

Istirohat bogʻlari yerlarini mahalliy hokimiyat zaxirasiga olish va keyinchalik begonalashtirish amaliyoti kengayib, qayta-qayta kadastr hujjatini tuzish orqali bogʻlar hududi qisqarib ketayotgani taʼkidlandi.

Madaniy hordiq maskanlari va hududlarning huquqiy himoyasi yetarli darajada mustahkamlanmagan. Ular joylashgan yerlarni xususiylashtirish, hududda bino-inshoot qurilishini taʼqiqlovchi qatʼiy normalar mavjud emas.

Qonun loyihasi bilan madaniy hordiq maskanlari, ularning yerlarini va bino-inshootlarni begonalashtirishni, madaniy hordiq maskanlari hududini qisqartirish, bino qurish (yengil turdagi obyektlar bundan mustasno) yoki qurilish osti maydonini kengaytirishni taʼqiqlash nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, bu turdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi. “Botanika bogʻlari” esa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar roʻyxatiga kiritilmoqda. Bunday bogʻlari va ularning yerlarini ham begonalashtirish, hududida binolar qurish, qurilish osti maydonlarini kengaytirish taʼqiqlanadi.