30.09.2025
Yangi “Simpsonlar kinoda” multfilmi chiqish sanasi belgilandi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Disney va 20th Century Studios yangi to‘liq metrajli “Simpsonlar kinoda” multfilmining premyera sanasini e’lon qildi. Ikkinchi film AQShda 2027-yil 23-iyulda namoyish etiladi.
Syujet tafsilotlari hali ma’lum emas. Birinchi “Simpsonlar kinoda” filmi 2007-yilda ekranlarga chiqib, butun dunyo bo‘ylab 536 million dollar daromad keltirgan edi.
“Simpsonlar” multseriali 1989-yilda efirga chiqa boshlagan. Voqealar Springfild shaharchasida kechadi, u yerda Gomer xotini Marj, o‘g‘li Bart hamda qizlari Liza va Meggi bilan istiqomat qiladi.
So‘nggi, 36-mavsumi shu yilning may oyida yakuniga yetdi.