O‘zbekistonda davlat obligatsiyalari bilan ta’minlangan Humo tokeni chiqariladi


O‘zbekistonda davlat obligatsiyalari bilan ta’minlangan Humo tokenini chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Loyiha xorijiy investisiyalarni jalb qilishning innovasion usullarini yaratishga, ichki va xalqaro hisob-kitoblarni soddalashtirishga, moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini oshirishga va yanada jozibador investisiya muhitini yaratishga qaratilgan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Humo tokeni davlat obligatsiyalari bilan ta’minlanadi, bu esa ta’minlangan tokenning barqarorligini kafolatlaydi va uning qiymatidagi o‘zgarishlarni nivelirlaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, loyiha kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga to‘liq mos keladi.
Operatsiyalarning to‘liq shaffofligi sabab ta’minlangan Humo tokenidan foydalanish moliyaviy firibgarlikka qarshi kurashda ham samarali vosita bo‘ladi. Ta’minlangan Humo tokenini chiqarish va muomalaga kiritish mexanizmi mamlakatning mavjud moliyaviy infratuzilmasiga integratsiyani hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.