O‘zbekistonlik bokschi Ahmadaliyev ikkinchi yengil vazn toifasida yangi WBA chempioni bo‘ladi
O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev (13-1, 10 KO) tez orada ikkinchi eng yengil vazn (55,3 kg gacha) bo‘yicha WBA versiyasi bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritadi. Bu ushbu vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue (28-0, 25 KO) o‘zbekistonlik da’vogarga qarshi chempionlik unvonini majburiy himoya qilmaslikka qaror qilgani munosabati bilan sodir bo‘ladi.
Ahmadaliyev manfaatlarini ifodalovchi britaniyalik promouter Eddi Xirnning xabar berishicha, “Maxluq” laqabi bilan tanilgan yaponiyalik bokschi meksikalik Alan Pikasso (31-0-1, 17 KO) bilan bellashishni afzal ko‘rgan. Ushbu qaror natijasida WBA Ahmadaliyevning maqomini “vaqtinchalik”dan to‘liq jahon chempioni darajasiga ko‘taradi.
Inoue yaqin vaqt ichida Ahmadaliyev bilan jang qilishdan bosh tortganiga qaramay, ularning kelajakda uchrashish ehtimoli saqlanib qolmoqda. Xirn 2025-yil oxirigacha Saudiya Arabistonida bokschilar o‘rtasidagi jangni tashkil etish imkoniyatini istisno qilmaydi.
Yaqin orada Naoy Inoue jangi 24 yanvarga mo‘ljallangan. U o‘z unvonlarini IBF versiyasi bo‘yicha majburiy da’vogar avstraliyalik Sem Gudmandan (19-0, 8 KO) himoya qiladi. Bu jang Ahmadaliyevning bo‘lajak WBA chempioni sifatidagi maqomiga ta’sir qilmaydi. O‘zbek bokschisi kelajakda Inoue bilan jang o‘tkazilsa, unvonlarni birlashtirish uchun jang qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu Ahmadaliyevga o‘z vazn toifasida jahonning yetakchi bokschilaridan biriga aylanish istiqbolini ochadi.