РУ
O’Z
UZS
/
/
Pardalarni qanday yuvish kerak: turli mato va konstruksiyalar uchun layfxaklar
21.04.2025

Pardalarni qanday yuvish kerak: turli mato va konstruksiyalar uchun layfxaklar

Pardalarni qanday yuvish kerak: turli mato va konstruksiyalar uchun layfxaklar

Pardalar – bu nafaqat interyer bezagi, balki haqiqiy chang yig‘uvchi uy jihozi hisoblanadi. Ular chang, hidlar, uy hayvonlari junini o‘zida yig‘adi va muntazam parvarishni talab qiladi. Lekin pardalarni qanday qilib matosini buzmasdan, butun kunni sarflamasdan va ularni soatlar davomida dazmollamasdan yuvish mumkin? Keling, birma-bir ko‘rib chiqamiz.

Baxmal pardalarni qanday yuvish kerak

Baxmal – injiq va nozik material bo‘lib, mexanik ta’sirga chidamaydi. Baxmal pardalarni quyidagicha yuvish tavsiya etiladi:

  • Kimyoviy tozalash – eng xavfsiz usul.
  • Agar uyda yuvilsa: sovuq suvda qo‘lda yoki kir yuvish mashinasida yengil rejimda jun yoki ipak uchun mo‘ljallangan suyuq yuvish vositasi bilan yuvish tavsiya etiladi.
  • Pardalarni siqmang! Ularni sochiq ustiga yoyib, suvning o‘zidan oqib tushishiga imkon bering.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan yiroqda, gorizontal holatda quriting.
Шторы из бархата| Пошив шикарных бархатных штор в Минске

Velyur pardalarni qanday yuvish kerak

Velyur baxmalga o‘xshaydi, lekin parvarishi unchalik qiyin emas:

  • Mashinada faqat 30°C haroratda, muloyim rejimda yuvish mumkin.
  • Kukun ishlatmang, u oq dog‘lar qoldirishi mumkin. Uning o‘rniga suyuqlik holidagi vosita afzal.
  • Siqish funksiyasi – minimal yoki butunlay o‘chirilsin.
  • Formasini yo‘qotmaslik uchun vertikal holatda, ilgak yoki karnizga osib quriting.

Atlas pardalarni qanday yuvish kerak

Atlas – silliq va ajoyib yorqin ko‘rinishga ega “podshohlarning” materiali, lekin yuqori haroratdan qo‘rqadi:

  • Qo‘lda yuvish – eng yaxshi variant. Agar mashinada bo‘lsa, faqat yuvish uchun mo‘ljallangan qopda va “ipak” rejimida.
  • Suv harorati – 30°C dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
  • Siqish funksiyasini o‘chirib qo‘ying.
  • Eng past haroratda, matoning ichki tomonidan dazmollang.
Атласные шторы купить на OZON по низкой цене в Беларуси, Минске, Гомеле

“Kun-tun” jalyuzilarini qanday yuvish kerak

“Kun-tun” jalyuzilari – bu “zebra” uslubidagi, shaffof va zich qismlar almashib keluvchi mato chiziqlaridan iborat bo‘ladi. Ular alohida parvarish talab qiladi:

  • Jalyuzilarni devordagi mahkamlagichdan yeching.
  • Changyutkichning umshoq cho‘tka nasadkasi bilan tozalang yoki quruq mato bilan artib chiqing.
  • Kuchli ifloslanish bo‘lsa – issiq suvga yumshoq yuvish vositasi solib, 30 daqiqaga vannaga solib qo‘ying.
  • Chayib oling, suvini oqirib qo‘ying va quritish uchun vertikal holatda osib qo‘ying.
Рулонные шторы день ночь, рольшторы день-ночь

Tyul va yengil pardalarni qanday yuvish kerak

Tyul va yengil pardalar nozik materiallardan bo‘ladi, shuning uchun yuvishda juda ehtiyot bo‘lish kerak:

  • Yirtilib ketmasligi uchun faqat maxsus yuvish qopchasi yoki yostiq jildida yuvish lozim.
  • Suv harorati – 30-40°C dan oshmasin.
  • Aksariyat hollarda oq matolar uchun gel ko‘rinishidagi vositalar afzal.
  • Biroz soda yoki kraxmal qo‘shib yuving – bu tyulga yangilik bag‘ishlaydi va dazmollashni yengillashtiradi.
  • Yuvilgandan so‘ng darhol osib quriting – ular o‘z og‘irligi ostida tekislanadi.
тюль на окна шторы для гостиной зала Занавес для окна, кружевной, цвет  белый, для гостиной, спальни, дверей, занавесок, балконных штор | AliExpress

Rulonli pardalarni qanday yuvish kerak

Rulonli pardalar ko‘pincha maxsus qoplama bilan qoplangan bo‘ladi, shuning uchun ularni oddiy mato kabi yuvib bo‘lmaydi:

  • Changyutkichning yumshoq cho‘tkasi bilan quruq tozalashni amalga oshirishingiz mumkin.
  • Nam tozalash – faqat kerakli joylarini, yumshoq gubka va sovunli suv bilan artib tozalang.
  • Agar juda iflos bo‘lsa – kimyoviy tozalashga murojaat qiling. Uy sharoitida yuvish pardalar tuzilmasi va aylanish mexanizmini buzishi mumkin.
Римские шторы купить в Минске. Цены на шторы под заказ

Pardalarni yuvgach dazmollamaslik sirlari: dangasa yoki band uy bekalari uchun layfxaklar

Quyida bir necha ishingizni soddalashtiruvchi hiylalarni keltiramiz:

  • Yuvilgandan so‘ng parda hali ho‘l bo‘lganida darhol karnizga osib qo‘ying – ular o‘z vaznidan tekislanadi.
  • Antistatik yoki mato uchun silliqlashtiruvchi sprey ishlating.
  • Kir yuvish mashinasida siqish funksiyasini o‘chiring yoki eng minimal rejimni tanlang.
  • Yuvishda maxsus kir yuvish sharchalari yoki tennis to‘plaridan foydalaning – bu matoning g‘ijim bo‘lishini kamaytiradi.

Pardalarni yuvish – qo‘rqinchli vazifa emas. Asosiysi – mato turini bilish, shoshilmaslik va yorliqlardagi tavsiyalarga amal qilish. Eng muhimi – parda tozaligi haqida unutmasdan, ularni har 6 oyda bir yuvib turish. Shunda uyingiz doim yorqin bo‘ladi va havosi tozalashadi!

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.