Vudi Allen keyingi filmini Madridda suratga oladi
Rejissyor Vudi Allen yangi film uchun Madrid mintaqaviy hukumatidan moliyaviy yordam oldi. Bu haqda Ispaniyaning “El Pais” gazetasi xabar bermoqda.
Subsidiya miqdori 1,5 million yevroni tashkil etdi — xuddi shuncha mablag‘ Allenga boshqa ispan filmi “Viki Kristina Barselona”ni suratga olish uchun ajratilgan edi. Qonunga ko‘ra, ushbu mablag‘ni olgach, rejissyor yangi film nomiga “Madrid” so‘zini kiritishi shart bo‘ladi.
Film syujetining tafsilotlari hozircha ma’lum emas. “Viki Kristina Barselona”dan tashqari, Allen Ispaniyada "Rifkin festivali" (2020) filmini ham suratga olgan.
Uning so‘nggi, 50-chi loyihasi bo‘lmish “Buyuk kinoya” fransuz tilida suratga olingan. Film 2023-yilning kuzida namoyish etilgandi.