РУ
O’Z
UZS
/
/
Wiki Loves Earth–2024 tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi
17.08.2024

Wiki Loves Earth–2024 tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Wiki Loves Earth–2024 tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Bu yil Oʻzbekiston mazkur tanlovda ikkinchi bor ishtirok etmoqda va ushbu tadbirga katta qiziqish bildirmoqda. Yuklangan suratlarning umumiy soni 2048 tani tashkil etib, bu oʻzbek xalqining sanʼatkorlik salohiyati chuqurligi va rang-barangligini taʼkidlaydi.

Wiki Loves Earth-2024 (“Viki Yerni sevadi”) xalqaro fototanlovining respublika bosqichi yakunlari sarhisob qilindi.

Bu yil Oʻzbekiston mazkur tanlovda ikkinchi bor ishtirok etmoqda va ushbu tadbirga katta qiziqish bildirmoqda. Yuklangan suratlarning umumiy soni 2048 tani tashkil etib, bu oʻzbek xalqining sanʼatkorlik salohiyati chuqurligi va rang-barangligini taʼkidlaydi.

49 nafar muallif Oʻzbekiston tabiatining goʻzalligini aks ettiruvchi fotosuratlarni taqdim etdi. Natijada, vakolatli hakamlar hayʼati tanlovning xalqaro bosqichiga 8 nafar muallifning 13 ta fotosuratini tanlab oldi.

Xalqaro bosqichga chiqqan suratlar:

1.  Ugam-Chatkal State Biosphere Reserve

Muallif — Arina Pan

2.  Ugom Chatkal State National Natural Park

Muallif — Dilmurad91

3. Urungach natural monument

Muallif — Marat Najibayev

4. Libelloides macaronius, Ugom Chatkal State National Natural Park

Muallif — 26D

5.  Ugom Chatkal State National Natural Park

Muallif — Arina Pan

6.  Ugom Chatkal State National Natural Park

Muallif — Givte

7. Tashkent botanical garden

Muallif — Arina Pan

8.  Urungach natural monument

Muallif — Marat Najibayev

9.  Eranthis longistipitata, Ugom Chatkal State National Natural Park

Muallif — Humoyun Mehridinov

10.  Ugom Chatkal State National Natural Park

Muallif — Dilmurad91

Tanlovning respublika bosqichi natijalari haqida batafsil maʼlumotni Wikimedia Commons veb-saytidan olish mumkin.

Qayd etish joizki, gʻolib boʻlgan ishlar “Wiki Loves Earth 2024” tanlovining xalqaro bosqichida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Bu ajoyib tabiat manzaralarini namoyish etish va mamlakatning atrof-muhitga boʻlgan sadoqatini va gʻamxoʻrligini yana bir bor tasdiqlash uchun noyob imkoniyatdir.