1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Ra’no Shodiyeva xalqaro kinofestivalda “Eng yaxshi aktrisa” mukofotini qo‘lga kiritdi
12.07.2025

Ra’no Shodiyeva xalqaro kinofestivalda “Eng yaxshi aktrisa” mukofotini qo‘lga kiritdi

Ra’no Shodiyeva xalqaro kinofestivalda “Eng yaxshi aktrisa” mukofotini qo‘lga kiritdi

Xitoyning Chongqing shahrida o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar kinofestivalida taniqli aktrisa Ra’no Shodiyeva “Bahorni quvib” filmidagi ijrosi uchun “Eng yaxshi aktrisa” sovriniga sazovor bo‘ldi.

“Shu qadar quvonchim ichimga sig‘mayapti. Shanxaydagi nufuzli kinofestivalda men va filmimiz g‘olib deb topilganimizdan juda faxrlanaman. Ayniqsa, ushbu rolni menga ishonib bergan rejissyorim Ayub Shahobiddinovga alohida minnatdorchilik bildiraman”, — deydi aktrisa.

Mazkur filmda o‘zbek ayolining ruhiy kechinmalari va insonlar o‘rtasidagi murakkab munosabatlar tasvirlanadi. Kartinaning ssenariy muallifi mashhur yozuvchi va dramaturg Erkin A’zam, rejissyorlik esa Ayub Shahobiddinovga tegishli.

Festival doirasida nafaqat kinoko‘rgazmalar, balki kino sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan forum va tanlovlar ham tashkil etilgan.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.