“Dunyo go‘zali 2025”: tailandlik model tanlovda g‘olib bo‘ldi


Hindistonning Haydarobod shahrida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Dunyo go‘zali” tanlovining 72-mavsumi o‘zining yorqin yakuniga yetdi. Unda Tailandning Bangkok shahridan kelgan 21 yoshli Suchata Chuangstri g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tailandlik modelga 2023-yilgi sobiq g‘olib, chexiyalik Kristina Pishkova tomonidan tantanali ravishda toj kiydirildi va u nufuzli unvonni qabul qilib oldi. Bu yilgi ulkan tadbir dunyoning turli burchaklaridan kelgan 108 nafar iste’dodli va jozibali ishtirokchini birlashtirdi.
Suchata Chuangstri nafaqat go‘zal tashqi ko‘rinishga ega, balki ko‘p qirrali shaxs hamdir. U bir nechta tilni mukammal biladi, bu esa unga turli madaniyatlarga mansub odamlar bilan osongina muloqot qilish imkonini beradi.
Modellik faoliyatidan tashqari, Suchata, ayniqsa, nochor oilalardan chiqqan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab xayriya loyihalarida faol ishtirok etadi.