РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
Rossiyadan O'zbekistonga qanday qilib pul o‘tkazish va aksincha yuborish mumkin?
16.11.2024 (yangilandi 17.11.2024)

Rossiyadan O'zbekistonga qanday qilib pul o‘tkazish va aksincha yuborish mumkin?

Rossiyadan O'zbekistonga qanday qilib pul o‘tkazish va aksincha yuborish mumkin?

Rossiyada 1 millionga yaqin o‘zbekistonlik muhojir ishlamoqda. Ularning ko‘pchiligi ishlab topgan pullarini oilalariga jo‘natadi.  Bizning materialimizda Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natishda qaysi usul afzalroq ekani va banklar pul o‘tkazmalari uchun qanday komissiya olishishi haqida ma’lumot beramiz.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Xo‘jaakbar Fayzullaxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada 1 millionga yaqin o‘zbekistonlik muhojir ishlamoqda.

O‘zbekiston fuqarolari ko‘pincha ishlab topgan pullarini vatanidagi oilalariga jo‘natadi. O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda xorijdan O‘zbekistonga 11,4 milliard dollarlik transchegaraviy o‘tkazmalar amalga oshirilgan.

Qanday qilib Rossiyadan O‘zbekistonga pulni kartaga o‘tkazish mumkin?

Pul o‘tkazishning eng qulay usuli bank ilovalari yoki pul o‘tkazish tizimlari orqali onlayn amalga oshiriladi. Rossiya va O‘zbekistondagi bir nechta banklar kartaga foydali o‘tkazmalarni taklif qilmoqda.

“Sberbank”

“Sberbank” O‘zbekistonga kuniga 150 ming rublgacha (taxminan 21 million 200 ming so‘m) yoki oyiga 600 ming rublgacha (85 million so‘m) komissiya olmasdan o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi. 8 ta bankka pul o‘tkazish mumkin: Agrobank, Universal Bank, Hamkorbank, Xalq Bank, Orient Finance Bank, NBU, Anorbank, Kapital Bank. 

Tinkoff Bank

Bu bank orqali oddiy kartadan oyiga 20 ming rublgacha (2 mln 800 ming so‘m) va Tinkoff Pro obunasi bilan 50 ming rublgacha (7 mln so‘m) bepul pul yuborish mumkin. Obuna oyiga 199 rubl (28 ming so‘m) turadi. Ko‘proq pul o‘tkazilsa, 1% to‘lashga to‘g‘ri keladi.

“VTB”

VTB banki 0,5% komissiya bilan istalgan summani jismoniy shaxsning O‘zbekistondagi istalgan hisob raqamiga telefon raqami orqali o‘tkazishni taklif qiladi. Limit kunida 1 million rubl (141 million 700 ming so‘m).

MTS Bank 

Bank mijozlari va MTS abonentlari telefon raqami orqali O‘zbekistonga Humo va UzCard kartalariga pul o‘tkazishi mumkin. Bank kartalaridan o‘tkazishning maksimal summasi — 100 ming rubl, shaxsiy hisobvaraq va elektron hamyonlardan esa 15 ming rubl.

“Gazprombank” 

Uning yordamida pullarni O‘zbekistondagi istalgan bankning Humo yoki UzCard to‘lov tizimi kartasiga komissiya olmasdan o‘tkazish mumkin.

Uzum Bank

O‘zbekistonning Uzum Bank to‘lov tizimi ilovasi orqali pul o‘tkazmalarini bepul amalga oshirish mumkin. Pul o‘tkazish uchun eng minimal summa — 100 rubl. Foydalanuvchi kuniga besh marta va oyiga 150 tagacha pul o‘tkazishi mumkin. Bir kunda 115 ming rubl (16 million so‘m) gacha, bir oyda esa — 600 ming rublgacha (100 million so‘m) tranzitni amalga oshirsa bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekistonning NBU, Anorbank, Kapital Bank banklari o‘z ilovalarida pul o‘tkazish imkoniyatini taklif qilmoqda. 

Kapital Bank 

Kapital Bank summaning 1 foizini undiradi. Kuniga 300 ming rublgacha, oyiga million rublgacha jo‘natish mumkin.

Agrobank

Agrobank’da tizim ichida dollardagi o‘tkazmalar 0,5 foizni tashkil etadi. Rossiyadan pulni faqat so‘mda xizmat ko‘rsatadigan kartalarda olish mumkin. Masalan, UnionPay-Uzcard, Humo-Visa.

Anorbank 

Mazkur bank orqali mablag‘ o‘tkazish uchun Rossiya kartalari sanksiya ostida bo‘lmasligi kerak. Sberbank va Tinkoff orqali telefon raqamiga pul o‘tkazish mumkin. Rossiyadan O‘zbekistonga 1 ta o‘tkazma uchun kunlik limit – 10 million so‘m, oylik esa 100 million so‘m. Bank Rossiyaga pul o‘tkazmalarini amalga oshirmaydi.

Universal Bank, Hamkorbank, Xalq Bank Oʻzbekiston kartalariga pul oʻtkazmalarini qabul qilishda hech qanday cheklovlar yo‘q. 

OFB

Orient Finance Bankning xalqaro Visa, MasterCard yoki UnionPay kartalari egalari Contact tizimi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartaga o‘tkazishi mumkin. Pul o‘tkazmasini jo‘natish milliy valyutani xorijiy valyutaga (dollar, yevro, Rossiya rubli) konvertatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.

“Kartadan kartaga o‘tkazmalar qulayligi tufayli ko‘proq ommalashgan. Bankka borib, navbat kutib o‘tirishning hojati yo‘q. Agar summa katta bo‘lsa, bir nechta o‘tkazmalarni amalga oshiraman”, — deydi Natalya Kats.

Qanday qilib Rossiyadan O‘zbekistonga pullarni o‘tkazmalar tizimi orqali jo‘natish mumkin

Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi mablag‘larni o‘tkazishning ommabop usullaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ular orqali rublda pul jo‘natish va ularni naqd yoki xalqaro kartaga olish mumkin. Konvertatsiya uchun xizmatlar pul olmaydi va ayirboshlash kursi bankka bog‘liq. Maksimal miqdori oyiga 10 ming dollar.

“Zolotaya Korona”, “Unistream”, “Contact” kabi xizmatlar pasportingizdan foydalangan holda pulni qulay punkt yoki kartadan kartaga darhol olish imkonini beradi.

Bunday transfer uchun komissiya o‘rtacha 1-2% bo‘ladi. Contact tizimida bu 100 ming rubl (14 million so'm) limiti bilan o‘tkazma summasining 1,6 foizini tashkil qiladi.

Sardor Baxriev pul o‘tkazmalarida turli usullarni qo‘llaydi. Rossiyadan katta miqdorda pul jo‘natishda xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlaridan, minimal summalar uchun esa onlayn usuldan foydalanadi.

Qanday qilib Rossiyadan O‘zbekistonga pullarni pochta orqali jo‘natish mumkin

Pochta orqali pul o‘tkazish 90 ming rublgacha (12 million 800 ming so‘m) jo‘natishga imkon beradi. O‘tkazmaning o‘rtacha muddati — ikki kun. Komissiya pul o‘tkazish summasiga qarab 40-105 rubl va pul o‘tkazish summasining 1,5-3 foizini tashkil qilishi mumkin.