Ruhsora Em “Gaza bas” qo'shig'iga ishlangan klip qachon chiqishini aytdi


Taniqli bloger va xonanda Ruhsora Em “Gaza bas” klipi qachon chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Taxminan bir haftadan keyin chiqadi”, — deb yozdi Ruhsora. Bu yangilik klipni intiqlik bilan kutayotgan muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

"Gaza bas" qo‘shig‘i orqali Ruhsora Em nafaqat san’atga, balki ijtimoiy masalalarga ham befarq emasligini ko‘rsatdi. Uning ijodi ko‘pincha jamiyatdagi muammolar va insoniy qadriyatlar mavzusi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ruhsora Em aslida bloger sifatida tanilgan bo‘lib, uning videolarida ko‘tariladigan mavzular hayotiylik, adolat va ayollar ovoziga urg‘u berilishi bilan ajralib turadi. U ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining samimiy va faol pozitsiyasi bilan yoshlar orasida katta obro‘ qozongan.