Ruhsora Emm: qo‘shiqlari, biografiyasi va O‘zbekistonlik Ariana Grande haqida qiziqarli faktlar


Ruhsora Emm yoki Ruhsora Mirjalilova – xonanda, bloger va O‘zbekistonning mashhur pop-ijrochilaridan biri. Qanday qilib u Instagramda yulduzga aylangani, yarim milliondan ortiq tinglovchilar qalbini zabt etgani va yosh holida shuhratga erishgani haqida bilib olamiz.
Ruhsora Emm: biografiyasi
Tug‘ilgan sanasi: 2000-yil 30-iyul
Burji: Asad
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Oilaviy holati: turmushga chiqmagan
Ruhsora an’anaviy o‘zbek oilasida tug‘ilgan. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, uning oilasida hech kim ijod bilan shug‘ullanmagan. Mirjalilovaning bobosi va buvisi ilm-fan sohasidagi mashhur professorlar, amakilari va xolalari esa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan. Shuning uchun Ruhsoradan ham shunday yo‘lni tanlashi kutilgan edi. Ammo u oilaviy an’analarni buzib, ijodiy soha vakiliga aylandi.

Ruhsora Emm: oilasi
Ruhsoraning oila a’zolari bilan munosabatlari doimo murakkab bo‘lgan. Chunki uni oilada “oq qarg‘a” deb atashadi. Ota-onasi uning yaxshi kasb egallashi yoki mustahkam oila qurishini orzu qilishadi. Ammo bloger hali bu borada shoshmayapti.
Uning oilasini Ruhsoraning Instagramdagi ochiq kiyimlari, do‘stlari va kechki bazmlari bezovta qiladi.

Ta’lim va faoliyati
Ruhsora Emm bo‘lishidan oldin, u litseyda o‘qib yurgan vaqtidayoq mustaqil pul topa boshlagan. U “Morgan” brendi do‘konida sotuvchi-konsultant sifatida ishlagan.
Maktabni tugatgach, Toshkentdagi Singapur institutining “Biznes boshqaruvi” fakultetiga o‘qishga kirgan. Ammo bir yil o‘tgach, u o‘qishini boshqa oliy o‘quv yurtiga – Sankt-Peterburgdagi Pyotr Velikiy politexnika universitetiga ko‘chirdi. Mutaxassislik: reklama va PR. Lekin bu yerda ham ikki yil o‘qigandan so‘ng, o‘qishni tashlab ketdi.
Bunga asosiy sabab – Instagramdagi blog bo‘lib, u juda ko‘p vaqtini talab qilgan va uning ustuvor vazifasiga aylangan edi. Shuningdek, Ruhsora o‘zini musiqiy ijodda ham topishni xohlagan.

Ruhsora uzoq vaqtdan beri qo‘shiq aytgan va xonanda bo‘lishni orzu qilgan. O‘zining kumiri va asosiy ilhom manbai sifatida Ariana Grandeni sanaydi. Shu sababli, yosh ijrochilar o‘rtasidagi turli tanlovlarda qatnashishdan cho‘chimagan va hatto biq qancha mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
2018-yilda “Sevimli Ovoz” loyihasida ishtirok etib, 3-o‘rinni egallagan. Bu loyiha tufayli uning Instagramdagi obunachilari soni 10 mingga yetdi va birinchi fan-sahifalari paydo bo‘ldi.
Ruhsora Emm: TikTok House
Pandemiya davrida Ruhsora va Timur Alixonov birinchi o‘zbek “TikTok House” loyihasini tashkil qilishdi. Maqsad – mamlakatdagi TOP-8 blogerni bir xostelda to‘plab, ularning iste’dodlarini rivojlantirish uchun homiylar topish edi.
Loyihaning davomiyligi qisqa bo‘ldi: u bir necha oydan so‘ng yopildi. Loyihaning tugashiga homiylar bilan kelishmovchiliklar va ishtirokchilar orasidagi nizolar sabab bo‘ldi.

Bir muncha vaqt o‘tgach, Ruhsora yangi va professional jamoani yig‘ib, TikTok loyihasining “ikkinchi mavsumini” boshlashga harakat qildi. Ammo insoniy omillar – fitnalar va ziddiyatlar sabab, bu loyiha ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Ruhsora Emm: tanqid va qayta tiklanishi
Tanqidchilar Ruhsorani qoralay boshlashdi va u ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlashdi. O‘zini himoya qilish uchun u Instagramda izohlarni o‘chirib qo‘ydi. Ammo bu nafratni to‘xtatmagan: obunachilarning shikoyatlari sabab, uning akkaunti ko‘rinmas bo‘lib qoldi.

Biroq vaqt o‘tishi bilan Ruhsora o‘z obro‘sini tiklashga muvaffaq bo‘ldi, blogiga qaytdi va yangi muxlislarni jalb qildi. 2022-yilda u o‘z yutug‘ini nishonladi – o‘ziga Chevrolet Gentra avtomobilini sotib oldi, ko‘plab sayohatlarga chiqdi, brendlar bilan hamkorlik qildi va tinglovchilarni yangi marralarni zabt etishga ilhomlantirdi.
Ruhsora o‘z kuchi bilan hamma narsaga erishish mumkinligiga ishonadi va boshqa odamlardan yordam kutmaydi.