01.07.2025
Sabrina Karpenter noodatiy obrazda ko‘rinish berdi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Ko‘plab mashhurlar Jeff Bezos va Loren Sanchesning to‘yiga yig‘ilgan bir paytda Parijda erkaklar moda haftaligi avjida edi.
Dior shousining yorqin lahzalaridan biri Sabrina Karpenter o‘zining mutlaqo yangi uslubi bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirdi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

"Espresso" xit qo‘shig‘i va o‘zining dadil, ba’zan provokatsion kiyimlari bilan mashhur bo‘lgan qo‘shiqchi haddan tashqari shahvoniyligi uchun tez-tez tanqid qilinadi.
Ammo bu safar Sabrina odatiy "yalang‘och" ko‘ylaklar va tor bodilardan voz kechib, tizzagacha qat’iy yubkali nafis kulrang komplektda paydo bo‘ldi.